Ukraina Rossiyaning Qrimdagi ikkita harbiy kateriga hujum qildi (video)

Olam

image

Bugun, 30 mayga o‘tar kechasi Ukraina anneksiya qilingan Qrimda Rossiyaning ikkita harbiy katerini "Magura V5" harbiy-dengiz droni yordamida hujum qildi. Ukraina Bosh razvedkasi boshqarmasi maxsus operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ko‘rsatilgan videoni e’lon qildi.

"Ukrainskaya pravda"ning Bosh razvedka boshqarmasidagi manbasiga ko‘ra, hujum Yevpatoriya tumanining Chernomorskoye qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

“Dushman bunga qarshi turish uchun aviatsiya, o‘q otish qurollari va artilleriyadan faol foydalandi, ammo ularning bu harakatlari hech qanday natija bermadi”, deydi manba.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham anneksiya qilingan Qrim bir kechada raketalar va dronlar tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qildi. 

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari Azov dengizi uzra sakkizta ATACAMS raketasini yo‘q qildi va Qrim yarim oroli sohillari yaqinida Qora dengiz uzra sakkizta uchuvchisiz samolyotni tutib oldi”, deya xabar berdi vazirlik. 

Bundan tashqari, Qora dengizda ikkita suv usti droni yo‘q qilingani aytilmoqda.

“Kerchda transport infratuzilmasiga qilingan hujumni qaytarish chog‘ida urib tushirilgan raketalar qoldiqlaridan ikkita parom - avtomobil va temir yo‘l zarar ko‘rdi”, deydi Qrimga Rossiya tomonidan tayinlangan transport “vaziri” Nikolay Lukashenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

"Astra" Telegram-kanali esa Kerch aholisi tunda shaharda 20 ga yaqin portlash ovozini eshitganini yozdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum chog‘ida Qrim ko‘prigida harakat taxminan bir soatga to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hududiga hujum qilish uchun bir necha bor G‘arb davlatlari yetkazib bergan qurollardan foydalangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing