Ukraina Rossiya janubidagi yana bir neft omboriga zarba berdi (video)
Olam
−
01 noyabr
6292Bugun, 1 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina droni Stavropol o‘lkasining Svetlograd shahridagi neft omboriga hujum qildi. Bu haqda viloyat gubernatori Vladimir Vladimirov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Svetlograd Stavropol o‘lkasining Petrovskiy tumanida, Stavropoldan 80 km shimoli-sharqda joylashgan. Shaharda “Rosneft-Stavropol” kompaniyasining Svetlograd neft ombori joylashgan. Dron ob’ekt hududiga qulagan, hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan Qrimdagi eng katta neft omboriga dronlar bilan hujum uyushtirgan va undan chiqqan yong‘inni bir necha kun davomida o‘chirish imkonsiz bo‘lgandi. Shuningdek, Rovenki shahridagi va Voronej viloyatidagi Anna qishlog‘idagi neft omborlari ham hujumga uchragan. Avgust oyida Ukraina dronlari Rostov viloyatidagi neft omborlarini ham nishonga olgan. Iyulda esa dronlar Kursk, Rostov va Volgograd viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasidagi neft omborlariga hujum qilgan.
LiveBarchasi