Ukraina-Rossiya o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar bekor qilindi

Olam

image

Kiyevning Kurskka hujumi tufayli Ukraina va Rossiya o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralar bekor qilindi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev va Moskva Dohada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yashirin muzokaralarga tayyorlashayotgan edi, biroq Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatiga hujumi tufayli jarayon muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Rossiya o‘rtasida Qatar vositachiligidagi bilvosita muzokaralar avgust oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tomonlar energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga kelishib olishi taxmin qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yig‘ilish joriy yilning 22 avgust kuniga ko‘chirilgan va u videokonferensiya orqali o‘tkazilishi aytilmoqda. Kiyevdagi manbalarning qayd etishicha, Rossiya hududiga qo‘shin kiritish to‘g‘risidagi qaror qisman Ukrainaning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun qabul qilingan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy agar Rossiya Ukraina yerlaridan, jumladan, Rossiya 2014 yilda bosib olgan va anneksiya qilgan Qrim yarimorolidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketsa, Kiyev to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishini aytgandi.

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden Ukrainaning Rossiyaga hujumi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin uchun haqiqiy dilemmani yaratishini aytdi va AQSH rasmiylari ukrainaliklar bilan doimiy aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kreml esa G‘arbni Ukrainaning Kurskka hujumida yordam berishda aybladi. Shuningdek, Rossiya KXSHTga Kursk viloyatidagi vaziyat bilan bog‘liq holda harbiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari 6 avgustdan buyon faoliyat yuritayotgan Rossiya Federatsiyasi Kursk viloyatining Bolshesoldatskiy tumanida aholi o‘z kuchi bilan va mahalliy ma’muriyat yordamida evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina-Rossiya muzokaralar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing