Ukraina Rossiya uchun jang qilgan xitoyliklarni qo‘lga oldi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasi tomonida jang qilgan ikki nafar Xitoy fuqarosini asirga oldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari tarkibida Xitoy fuqarolari “ikki nafardan ko‘proq” ekani haqida ma’lumotlar mavjud.

“Bu Ukraina hududida – Donetsk viloyatida sodir bo‘ldi. Bu asirlarning hujjatlari, bank kartalari, shaxsiy ma’lumotlari bor”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Zelenskiy hozir barcha holatlar aniqlanayotganini aytgan. Qolaversa, u Ukraina Tashqi ishlar vaziriga Pekin bilan bog‘lanib, ularning sodir bo‘lgan voqeaga munosabatini bilish bo‘yicha topshiriq bergan.

“Rossiyaning Xitoyni Yevropadagi bu urushga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita jalb qilishi – Putin urushni tugatishdan boshqa hamma narsani qilmoqchi ekanligining aniq belgisidir. U jang qilishni davom ettirish yo‘lini izlamoqda. Bunga aniq reaksiya kerak”, degan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Shimoliy Koreya Rossiyaga askar yuborish evaziga Moskvadan bir necha turdagi dronlarni ishlab chiqish uchun texnik yordam olayotgani haqida xabar berilgandi. Janubiy Koreya harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar va fevral oylarida KXDR Rossiyaga yana taxminan 3 ming askar yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing