Ukraina Rossiya bilan yarashsa, Moskvadan AQSH sanksiyalari olib tashlanadimi?
Olam
−
14 noyabr 2022
7774AQSHning Rossiyaga nisbatan sanksiyalari Ukrainadagi inqiroz tinch yo‘l bilan hal qilinganidan keyin ham o‘z kuchida qolishi mumkin. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Jenet Yellen kecha, 13 noyabr kuni “The Wall Street Journal” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Menimcha, qandaydir tinchlik kelishuvi kontekstida sanksiyalar rejimiga tuzatish kiritish mumkin va o‘rinli bo‘lardi. Ehtimol, nima bo‘lganini inobatga olsak, biz ba’zi sanksiyalar kuchda qolishi kerakligiga ishongan bo‘lardik”, deydi Yellen.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi go‘yoki, AQSH G‘aznachiligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun maqbul bo‘ladigan shartlar bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmaganini da’vo qildi.
Zelenskiy 4 oktyabr kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini ijro etdi. O‘z navbatida, 31 oktyabr kuni Rossiya yetakchisi, agar Zelenskiyning istagi bo‘lmasa, Ukraina bilan hech qanday kelishuvni muhokama qilish imkoniyatini ko‘rmayotganiniaytdi. Biroq, Putin ta’kidlaganidek, Moskvaning muzokaralar uchun yaxshi niyati ma’lum va o‘zgarmasdir. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti kelishuvlarga erishish uchun muzokaralar stoliga o‘tirib, muzokaralar olib borish zarurligiga e’tibor qaratdi.
LiveBarchasi