Ukraina Rossiya ballistik raketasiga qarshi turish uchun AQSHdan yordam olmoqchi
Olam
−
23 noyabr
4122Ukraina AQSH bilan qit’alararo raketalarni urib tushirishga qodir qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni muhokama qilmoqda. Bu haqda “Ukinform” xabar berdi.
“Ukrainada qit’alararo raketalarni urish uchun mablag‘ yo‘q, ammo amerikaliklarda ular bor. Ukraina bunday qurollarni topshirish uchun AQSHga murojaat qiladi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, Rossiyaning Dneprga ballistik raketa yordamida so‘nggi zarbasi OAV tomonidan “namoyishkorona harakat” deb nomlangan. Bunday hujumning asosiy maqsadi qo‘rqitish va Moskvaning qat’iyatini namoyish etishdir.
Ma’lumot uchun, AQSHning Aegis raketalarga qarshi mudofaa tizimi qisqa va o‘rta masofali ballistik raketalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 21 noyabr tongida Ukrainaning Dneprdagi sanoat korxonasi, nogironlar uchun reabilitatsiya markazi, shaxsiy uylar va boshqa bir qancha ob’ektlariga qit’alararo ballistik, aeroballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilgandi. Shu kuni kechqurun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin televizion murojaatida o‘rta masofali “Oreshnik” raketasini Ukrainadagi ob’ektga qarata uchirganini e’lon qilib, qit’alararo ballistik raketadan foydalanganini rad etdi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi