Ukraina prezidentligi uchun yetakchi nomzod Qrim bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi
Olam
−
04 aprel 2019
10880Ukraina prezidentiligi uchun “Sluga naroda” partiyasi nomzodi, birinchi turdan keyin yetakchilik qilayotgan Vladimir Zelenskiy Qrim yarimoroli bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi.
“Qrim bu – Ukraina. Avval, hozir va kelajakda ham”, degan Zelenskiy Qrimga doir savolga javoban.
Avvalroq, Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gipotetik – taxminiy muloqot vaqtida, undan Qrim va Donbass uchun kompensatsiya talab qilish istagida ekanini ma’lum qilgandi.
Vladimir Zelenskiyning saylovoldi dasturida Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarini qaytarish va agressorni tovon to‘lashga majbur qilish kabi bandlar joy olgan.
Ma’lumot uchun, 2014 yil mart oyida Ukraina hududi bo‘lgan Qrim yarimoroli Rossiyaga qo‘shib olindi. Bu holat G‘arb davlatlari va ularning ittifoqchilari tomonidan o‘zga davlat hududini anneksiya qilish deb baholandi. Natijada Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Kanada va boshqa davlatlar Rossiya nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Rossiya esa Qrim aholisi referendum asosida o‘z xohishi bilan Rossiyaga qo‘shilganini aytib keladi.
LiveBarchasi