Ukraina Prezidenti butun dunyo nimani istayotganini aytdi

Jamiyat

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassda urush to‘xtatishini nafaqat Rossiya va Yevropa Ittifoqi, balki butun dunyo istashini aytib o‘tdi. Bu haqda u Isroilning “9 kanal”iga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo odamlari Donbassda qachon urush olovi to‘xtaishini kutmoqda.

“Chunki agar vaziyat shundayligicha qolib ketsa, bunday tarixdan chiqib ketishning iloji qolmaydi. Ko‘z yoshlar, g‘azab va nafrat davom etaveradi”, deb qo‘shimcha qilgan Prezident.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 9 dekabr kuni Fransiyada Zelenskiy, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Fransiya rahbari Emmanyuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel ishtirokida “normandcha format”da yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing