Ukraina portlaridagi don Ruminiya orqali olib chiqiladi – Makron

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning Odessa portidan Ruminiya orqali g‘alla eksport qilish yo‘nalishi ishlab chiqilayotganini aytdi. Bu haqda u Ukrainaga tashrifi chog‘ida Fransiyaning TF1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. 

Fransiya rahbariga ko‘ra, u va Birlashgan Millatlar Tashkiloti  Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya bilan bog‘liq diplomatik yechim topishga harakat qilmoqda. Biroq, Ruminiya ham Rossiya blokadasi ostida g‘alla zaxiralari uchun muqobil yo‘l bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Makron Odessa portining Ruminiya-Ukraina chegarasiga yaqin ekanligini va ular bu yerga kelayotgan donni xalqaro bozorlarga, jumladan, Yevropaga temir yo‘l va Dunay daryosi orqali jo‘natish rejasi ustida ish olib borayotganini qayd etib o‘tgan. 

“Fransiya hukumati ushbu yetkazib berishni osonlashtirishga, mutaxassislari, harbiylari va korxonalarini jalb qilishga tayyor”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 iyun kuni Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. Ular Kiyev viloyatining Irpen shahrida bo‘lib, urush talafotlarini ko‘zdan kechirdi. So‘ng Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Safardan asosiy maqsad Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatishdir.

Ayni vaqtda Turkiya ham Ukrainadagi 20 million tonna donni xavfsiz olib chiqish ketish maqsadida Istanbul rejasini taqdim etmoqda. “Don yo‘lagi” deb nom berilgan loyihasi Turkiya boshchiligida BMT, Rossiya va Ukraina qo‘shilishi kutilmoqda. 

Joriy yilning 8 iyun kuni Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Mavlud Chavusho‘g‘li Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda “Don yo‘lagi” deb atalmish koridor yaratish masalasini muhokama qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing