Ukraina nechta aholi punktini ozod qilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Rossiya bosqinining boshidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari 1620 Ukraina aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda kecha, 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi.

Siyosatchiga ko‘ra, Xerson viloyatida 75 ta aholi punkti ozod qilingan.

Timoshenkoga ko‘ra, bu hafta Rossiya harbiylarining asosiy nishonlari muhim infratuzilma ob’ektlari va tinch aholi bo‘lgan.

“Vinnitsa, Dnepropetrovsk, Jitomir, Ivano-Frankovsk viloyatlarida energetika infratuzilmalari zarar ko‘rdi”, deydi Prezident devoni vakili.

Bundan tashqari, yetti viloyat, shuningdek, Kiyevda elektr energiyasini yetkazib berishda muammolar yuzaga kelgan. Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda elektr energiyasi ta’minoti barcha hududlarda tiklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing