Ukraina NATOga kiritiladimi? Stoltenberg savolni havoda qoldirdi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi sammit yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan muloqotda Ukrainani “uzoq urushga tayyorlanishga” chaqirdi. Ukraina alyansga qo‘shila oladimi, degan savolga javob bermadi. 

“Biz uzoq urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak va bu Prezident Zelenskiyga ishoramiz. Urush muzokaralar stolida tugashi kerak. Lekin Ukraina o‘z shartlari asosida kelishuvga erisha olishi juda muhim. Shu bois, muzokaralar stolida nimaga erisha olishimiz bilan [Kiyevning] jang maydonida bizning halokatli va noharbiy yordamimiz bilan erishgan yutuqlari o‘rtasida juda yaqin bog‘liqlik mavjud. Biz diqqatimizni shu narsaga qaratganmiz”, deydi NATO Bosh kotibi. 

Shundan keyin Ukraina Finlyandiya va Shvetsiya kabi NATOga a’zo bo‘la oladimi, degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga javoban u, "NATO eshiklari ochiqligicha qoladi", deb javob qaytardi. 

"NATO sammitidagi yetakchilarning signali juda jiddiy va muhim qo‘llab-quvvatlashdir. Ular hatto qo‘shimcha tizim va jihozlar jo‘natilganini e’lon qilishdi, xususan, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya va boshqa davlatlar Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatishlarini aytdilar", deydi Stoltenberg. 

Uning ta’kidlashicha, Ittifoqchilar uzoq urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bu signal.

“Biz ularning qadriyatlari uchun kurashamiz, lekin ular ham NATO uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar – har bir davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligi uchun kurashadilar va shuning uchun bu bizning xavfsizligimiz uchun muhimdir”, deydi Bosh kotib.

Stoltenberg alyans bularning barchasini bevosita Zelenskiyga yetkazganini ta’kidladi. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok eta olgan munozaralarda bizning xabarimiz aniq edi: Ukraina qancha vaqt talab qilsa, bizga ishonishi mumkin. Ittifoqchilar yirik harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etadilar va bugun yetakchilar Ukrainaga keng qamrovli yordam paketi bo‘yicha kelishib oldilar.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATO davlatlari Ukrainaning Sovet Ittifoqidan Shimoliy Atlantika alyansi standartiga qadar qayta qurollanishini ta’minlashga va uning ittifoq bilan operativ muvofiqligiga erishishga tayyor. 

“Sammitda kelishilgan joriy yordam paketi xavfsiz aloqa uskunalari, yoqilg‘i, tibbiy buyumlar, zirhli texnikalar, shuningdek, kimyoviy va biologik tahdidlarga qarshi himoya vositalari hamda yuzlab uchuvchisiz havo vositalariga qarshi tizimlarni” o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi bizning buzilmas majburiyatimizni ko‘rsatadi. Kuchli va mustaqil Ukraina Yevro-Atlantika hududi xavfsizligi va barqarorligi uchun juda muhimdir”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham videokonferensaloqa orqali nutq so‘zlab, NATOni Ukrainaning eski metro turniketiga o‘xshatgan edi. 

“NATOning ochiq eshiklar siyosati eski Kiyev metrosining turniketlariga o‘xshamasligi kerak: ular ochiq, kirsangiz, to‘lov qilmasangiz turniketlar yopiladi. Ukraina kam badal to‘ladimi? Ham Yevropani, ham butun sivilizatsiyani himoya qilishga qo‘shgan hissamiz hali ham yetarli emasmi? Xo‘sh, yana nima kerak?”, dedi Zelenskiy. 

Sammitda NATO mamlakatlari rahbarlari Shvetsiya va Finlyandiyani alyansga taklif qilishga qaror qildilar va bu davlatlarning harbiy-siyosiy blokga kirishi bo‘yicha protokollarni imzolashga kelishib oldilar.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin NATO sammiti

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing