Ukraina muxolifati Zelenskiyga impichment e’lon qilmoqchi

Jamiyat

image

Ukrainaning “Hayot uchun muxolif platformasi” partiyasi Prezident Vladimir Zelenskiyning impichmenti jarayonini boshlash niyatida. Bu haqda fraksiya hamraisi Vadim Rabinovich. Bunga Prezident muxolif telekanallarga sanksiya joriy qilgani asos qilib ko‘rsatildi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra,Zelenskiy saylovchilar va mamlakat ustidan kulgan.

“Bugun siz demokratiyaning yuragiga zarba berib, Ukrainada so‘z erkinligi, demokratik mustaqillikni xavf ostiga qo‘ydingiz. Yaqin vaqtlarda biz partiyamizning favqulodda qurultoyini o‘tkazamiz, bu bizning keying qadamlarimizni belgilaydi. Yodda tuting, siz bizning partiyamiz va millionlab saylovchilarning ovozini o‘chira olmaymiz”, degan Rabinovich.

Ma’lumot uchun, kecha, 2 fevral kuni Ukraina Prezidenti “112.Ukraina”, “NewsOne” va ZIK telekanallari va ularning egasi, “Hayot uchun muxolif platformasi” fraksiyasi a’zosi Taras Kozakka qarshi sanksiya joriy qildi. Ushbu chora-tadbirlarga aktivlarni blokirovka qilish. Savdo operatsiyalarini cheklash, kapitalni chet elga olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik, litsenziyalarni bekor qilish, Ukrainaning radiochastota resursidan foydalanishni taqiqlash va televizion dasturlarni qayta translyatsiya qilish kiradi.

Uchala kanal ham efirni to‘xtatdi. Ular Zelenskiyning qarorini tanqidiy OAVdan siyosiy qasos olish deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing