Ukraina mudofaa sektorida eng xavfli pallada ixtilof yuzaga keldi – WP
Olam
−
01 fevral 2025 21194 2 daqiqa
Rossiya bilan urushning eng xavfli nuqtasida Ukraina mudofaa sektori jiddiy beqarorlikka uchradi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
“Ukraina mudofaa sohasidagi mojaro mamlakat uchun noqulay bir paytga to‘g‘ri kelmoqda, ayniqsa, Prezident Donald Tramp davrida AQSHning harbiy yordami noaniq bo‘lib turgan bir vaqtda”, deyiladi xabarda.
WP ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligidagi yuqori lavozimli amaldorlar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro Vashingtonning Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam ajratishi borasida shubhalarni kuchaytirgan. Bu mojaro, shuningdek, Ukrainadagi korrupsiya xavotirlarini yanada jonlantirgan.
Nashrga ko‘ra, ushbu mojaro fonida 7 milliard dollardan ortiq byudjetga ega Mudofaa xaridlari agentligi (MXA) faoliyati o‘tgan hafta davomida to‘xtatilgan. Bunga asosiy sabab agentlikni kim boshqarishi kerakligi bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklardir. Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov agentlik direktori Marina Bezrukova faoliyatini “qanoatlanarsiz” deb baholagan va uning shartnomasi uzaytirilmasligini ma’lum qilgan.
Ayni vaziyat Yevropa davlatlarini ham sarosimaga solgan. Ular avval Mudofaa xaridlari agentligi bilan yaqindan hamkorlik qilgan bo‘lsa-da, hozirda bu agentlikni kim boshqarishi noma’lum vaziyatda qolmoqda. Shu bilan birga, nashrga ko‘ra, Marina Bezrukova lavozimini tark etishdan bosh tortgan va agentlikda ishlashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson Ukrainaga umumiy qiymati 1,23 milliard AQSH dollari bo‘lgan yordam paketini e’lon qilgan edi. Bu Rossiya bosqini boshlanganidan beri Stokgolm tomonidan berilgan 18-yordam paketi bo‘lib, mablag‘ miqdori bo‘yicha eng kattasi hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025