Ukraina Moskvaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi (video)

Olam

image

Ukraina bir kecha davomida Moskvaga 430 dan ortiq uchuvchisiz uchish apparatini uchirdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Moskva meri Sergey Sobyaninning bildirishicha, mudofaa kuchlari dronlarning asosiy qismini Moskva viloyatiga yetib borishidan avval urib tushirgan. Poytaxtga yaqinlashgan yana 36 ta dron zararsizlantirilgan.

Hujumlar sabab Moskvaning Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida tungi vaqtda parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir kecha davomida mamlakatning turli hududlari uzra jami 452 ta Ukraina droni urib tushirilganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Belgorod viloyati ham raketa hujumiga uchragan. Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Shuvayevning ma’lum qilishicha, raketalarning aksariyati urib tushirilgan bo‘lsa-da, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetgan.

Dastlab uch kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan. Keyinchalik, Shuvayev Belgorod okrugidagi Belovskoye qishlog‘ida bir nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Belgorod shahridagi infratuzilma ob’ektlaridan birida yong‘in yuzaga kelgan. Qaysi ob’ekt zarba ostida qolgani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Ukraina Rossiyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri Omskka zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing