Ukraina Lugansk va Xersonda chechen jangchilariga zarba berdi

Olam

image

Ukrainaning Lugansk viloyatida ukrainalik himoyachilar dushman kuchlari va texnikasining to‘plangan nuqtalarga aniq zarbalar berishdi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga asoslanib, UNIAN ma’lum qildi.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Mudofaa kuchlari artilleriyasining aniq zarbalari natijasida Lugansk viloyatining Novoivanovka qishlog‘ida o‘q-dorilar ombori va 10 dan ortiq “Qodirovsi”lar (Chechenistondan bo‘lgan harbiylar) yo‘q qilingan.

Svatovo qishlog‘ida 10 ga yaqin bosqinchilar va o‘q-dorilari bo‘lgan 5 ta yuk mashinasi yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, Ukrainaning Xerson viloyati harbiy okrugi rahbari Sergey Xlanning ta’kidlashicha, UQKning Xerson viloyatidagi chechen polki bazasiga bergan zarbasi natijasida 40 dan ortiq jangari halok bo‘lgan, ikki yuzga yaqini yaralangan. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi o‘zining kechki hisobotida hujum Qohira qishlog‘idagi maktabga uyushtirilgani va natijada “30 ga yaqin askar” halok bo‘lganini ta’kidladi.

Chechen muxolifatining 1ADAT Telegram kanali, o‘z navbatida, Checheniston Rossiya gvardiyasining “Neftepolk” maxsus bo‘linmasi zarbaga uchraganini va kamida yuz kishi halok bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Telegram va Youtube’da vayron bo‘lgan binoda o‘tirgan ba’zi harbiylar chechen tilida gapirib, bir-birlarining jarohatlarini tekshirayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Uning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.

Rossiya qo‘mondonligi jangchilarning o‘limini rasman tasdiqlamadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

633

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing