Ukraina kuzda ham, qishda ham F-16 ni ololmasligini tan oldi
Olam
−
17 avgust 2023 6356 1 daqiqa
Ukraina kelasi bahorgacha Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qila olmaydi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat ma’lum qildi.
“Albatta, bu kuz va qishda biz Ukrainani F-16 samolyotlari bilan himoya qila olmasligimiz allaqachon ayon bo‘lgan”, deb tan oldi u.
Ignatning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina tomoni F-16 samolyotlarini yetkazib berish havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlay olishiga katta umid bog‘lagan. Shu bilan birga, u yaqin kelajakda ukrainalik uchuvchilar ushbu turdagi samolyotlarda mashg‘ulotlarni boshlashiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq sakkiz nafar ukrainalik uchuvchidan iborat guruh F-16 ni boshqarish bo‘yicha G‘arbning o‘quv dasturida qatnashish uchun tanlangani xabar qilingandi.
Live
Barchasi