Ukraina koronavirusga qarshi dori ustida ish boshladi – Zelenskiy
Olam
−
22 aprel 2020 5376 1 daqiqa
Ukrainada koronavirusga qarshi kurashda yordam beradigan dori-darmonlarning klinik sinovlari boshlanadi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ukrainalik olimlar ushbu dori vositasiga yuqori baho bermoqda. Ularning fikricha, dori inson tanasida koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqadigan o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytirishi yoki butunlay zararsizlantirishi mumkin.
Zelenskiyning o‘zi allaqachon "Ukraina olimlariga ishonishini" ta’kidlagan. Shuningdek, Prezident klinik tadqiqotlar ushbu dori samaradorligini rasman tasdiqlashiga umid bildirgan.
Ukraina Prezidenti devoni batafsilroq ma’lumot keyinroq taqdim etilishini ta’kidlamoqda. Xususan, preparatni ishlab chiqishda aynan kimlar ishtirok etgani ham ma’lum emas.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq 6 592 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 424 nafari sog‘aygan, 174 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 5 994 kishini tashkil qilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025