Ukraina qo‘shinlari Rossiya poyezdini yo‘q qildi – OAV
Olam
−
18:45
5915Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya qo‘shinlari uchun yoqilg‘i olib ketayotgan 40 ta temiryo‘l vagonlarini yo‘q qildi. Bu haqda “Ukraina News” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat xavfsizlik qo‘mitasi asli Ukrainaga tegishli bo‘lgan, lekin ayni damda Moskva nazoratida bo‘lgan Zaporoje viloyatida Rossiya qo‘shinlari uchun yoqilg‘i olib ketayotgan 40 ta temiryo‘l vagonini yo‘q qilgan.
“Reuters”ga ko‘ra, operatsiya turli razvedka va harbiy xizmatlar ishtirokida o‘tkazilgan va bir necha bosqichda o‘tgan.
“Maqsad Qrimdan Zaporoje viloyatining vaqtincha bosib olingan hududlariga yoqilg‘i yetkazib berish uchun logistika yo‘nalishlarini buzish edi”, deyiladi xabarda.
Xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, uning bo‘linmalaridan biri qo‘poruvchilik operatsiyasini uyushtirgan, operatsiya davomida Rossiya nazoratidagi Zaporoje viloyatiida joylashgan poyezd harakatlanayotgan temir yo‘l liniyasi shikastlangan.
“Poyezd to‘xtatildi, vagonlar yonib ketdi va armiya bo‘linmalari AQSH tomonidan yetkazib berilgan HIMARS qurollari bilan voqea joyiga hujum qildi”, degan xizmatchilardan biri.
Ma’lumot uchun, Rossiya kuchlari Zaporoje viloyatining qariyb 70 foizini nazorat qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari, shuningdek, qo‘shni Xerson viloyatining qariyb 70 foizini nazorat qilmoqda.
Rossiya bu voqea haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 dekabr kuni Rossiyaning neft tankerlaridan biri og‘ir bo‘ron vaqtida Kerch bo‘g‘ozida ikkiga bo‘linib ketidhi natijasida ichidagi neft suvga to‘kilgandi.
LiveBarchasi