Ukraina qo‘lga olgan tankerdagi dengizchilarni qo‘yib yubordi

Olam

image

Avvalroq, Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya tankerini qo‘lga olgani haqida xabar bergan edik.

Ukraina tomoni qo‘lga olingan tankerdagi dengizchilarni qo‘yib yubordi. Bu haqda Ukrainadagi Rossiya elchixonasi ma’lum qildi. Kemaning o‘zi hamon Izmail portida qolyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dengizchilar so‘roqda qatnashish majburiyati bilan qo‘yib yuborilgan. Ular tergovda guvoh sifatida ishtirok etadi. Dengizchilarga nibatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Ma’lumot uchun, UXX rus tankerini 2018 yil noyabr oyida Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqea sababli qo‘lga oldi. O‘shanda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati uchta ukrain kemasini 24 nafar dengizchi bilan qo‘lga olgandi.

Ukraina qo‘lga olgan tankerda ikki ming tonna yuk bo‘lgan. Kema bortida 15 nafar rossiyalik dengizchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tanker Ukraina-Rossiya

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing