Ukraina Qrimni endi harbiy yo‘l bilan qaytarib olmoqchi 

Olam

image

Joriy yilning 24 fevralidan keyin Kiyevning Qrimni qaytarib olish bo‘yicha yondashuvi o‘zgardi. Endi rasmiylar bu masalani harbiy yo‘l bilan hal qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Ukraina Prezidentining Qrim bo‘yicha vakili Tamila Tasheva “Ukraina 24” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

 “24 fevraldan keyin Qrim masalasi, hududni qaytarib olishga nisbatan yondashuvlar o‘zgargan. Biz endi birinchi navbatda Ukraina Qurolli Kuchlariga tayanishimiz kerakligini tushunamiz”, deydi Tamila Tasheva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning pozitsiyasi Qrim va Donbassni hech qanday ultimatumlarsiz qaytarishdir.

“Kiyevning pozitsiyasi – Ukraina uchun hech qanday ultimatumlarsiz hududlarini qaytarish va 1991 yilgi chegaralarga qaytishdir”, degan Zelenskiyning vakili. 

Tashevaning qo‘shimcha qilishicha, yarim orol ustidan nazorat qayta tiklansa, Ukraina 2014 yil martidan keyin Qrimga ko‘chib kelgan ruslarni chiqarib yuborishni rejalashtirgan. U bu masalada Moskva bilan murosaga kelishni istisno qildi.

Avvalroq, Qrim parlamentining birinchi vitse-spikeri Yefim Fiks ukrainalik harbiylarga “hatto Qrim tomonga qaramaslikni” tavsiya qilgan edi.

Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov esa mamlakat hamma hududlarni, xususan Qrimni ham ozod qilmoqchi ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim annektsiyasi

Baholaganlar

569

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing