Ukraina Qrimni egallash uchun JASSM raketalarini olishni rejalashtirmoqda – “Forbes”
Olam
−
22 avgust 2023 5636 1 daqiqa
Ukraina Qrimni egallash uchun Vashingtondan JASSM qanotli raketalarini istaydi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.
Jurnalga ko‘ra, F-16 qiruvchi samolyotlari Britaniyaning Storm Shadow yoki Scalp raketalari bilan mos kelmaydi, lekin AQSH qanotli raketalari JASSM bilan mos keladi. Gap shundaki, F-16 va JASSM imkoniyatlarini birlashtirib, Ukraina armiyasi o‘z kuchini ikki baravarga oshirib oladi.
“Shu bois, qanotli raketa Kiyevning xohishlar ro‘yxatida”, deyiladi xabarda.
Amerikaning RAND tadqiqot korporatsiyasi tahlilchisi Brinn Tannexillning qayd etishicha, JASSM bilan jihozlangan F-16 samolyotlari Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning Qrimni mojarosiz egallash bo‘yicha uzoq muddatli rejasi uchun muhim bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, JASSM Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Amerikaning yuqori aniqlikdagi “havo-yer” tizimidagi qanotli raketadir. U yuqori darajada himoyalangan statsionar va harakatlanuvchi nishonlarni (kvazistatsionar) har qanday ob-havo sharoitida va kunning istalgan vaqtida dushman havo hujumidan mudofaa tizimlari chegarasidan tashqaridagi masofadan yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Niderlandiya va Daniyaga borib, u yerda F-16 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga yetkazib berish masalasini muhokama qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr