Ukraina Qrimdagi neft bazaga hujum qildi – OAV
Olam
−
06 dekabr 2023
7254Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi Qrimning Feodosiya shahridagi dengiz neft terminaliga zarba berdi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Ukraina Rossiya qo‘shinlarini yonilg‘i bilan ta’minlovchi neft omboriga hujum qilgan.
“Dronlar nishonga tekkan va rossiyaliklar yaxshigina zarar ko‘rdi”, deb yozadi "Ukrainskaya pravda".
Terminal hududida 30 ga yaqin yonilg‘i baklari bo‘lgan.
Avvalroq Rossiyaning Baza va Astra Telegram-kanallari samolyot tipidagi ikkita dron dengiz neft terminaliga hujum qilgani, ikkala dron ham Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgani haqida xabar bergan edi.
Dronlarning parchalari neft ombori hududiga tushgan, ulardan biri neft bakidan 100 metr uzoqlikda. Rossiya ommaviy axborot vositalari vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘qligini bildirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining da’vo qilishicha, 5 dekabrga o‘tar kechasi Azov dengizi va Qrimda 41 ta Ukraina dronlari yo‘q qilingan.
Dron hujumi chog‘ida Qrim aholisi Feodosiya, Kerch va Eski Qrimda portlashlar eshitilganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga 23 ta uchuvchisiz samolyot va qanotli raketasini uchirgandi.
LiveBarchasi