Ukraina Qrimdagi ko‘prikka zarba berdi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Chongar va Genicheskdagi avtomobil ko‘priklariga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni devoni Strategik aloqalar boshqarmasining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Xerson viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Vladimir Saldoga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari ko‘priklar – Chongar hamda Qrimning Genichesk va Arabat o‘tish joylarini o‘qqa tutgan.

“Ular Tonkiy bo‘g‘ozi orqali Genichesk shahrini Arabat bilan bog‘lovchi ko‘prikni o‘qqa tutdi. Otilgan 12 ta raketaning 9 tasi havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi. Yetib kelish vaqtida ko‘prikdan o‘tib ketayotgan bir fuqaro yaralandi”, deb yozgan Saldo.

Oqibatda 20 mingdan ortiq aholi quvur uzilishi tufayli gazsiz qolgan.

Shuningdek, u Ukraina Qurolli kuchlari Qrim va Xerson viloyati o‘rtasidagi Chongar ko‘prigiga hujum qilib, Chongar qishlog‘ini o‘qqa tutganini aytgan. 

Uning da’vo qilishicha, otishma davomida Ukraina harbiylari Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan Storm Shadow raketalaridan foydalangan.

Hozirda Chongar ko‘prigi vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 avgust kuni uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan yana Moskva viloyatidagi ob’ektlarga hujum qilingandi. Da’vo qilinishicha, ushbu hujum Ukraina tomonidan amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Qrim Chongar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing