Ukraina Qora dengizda Turkiya kemasiga zarba berdi (video)

Olam

image

Kecha, 3 avgust kuni Ukraina Qora dengizda Rossiyaning Novorossiysk portiga yo‘l olgan Turkiyaning yuk kemasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “Cumhuriyet“ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiyadan Rossiyaga yangi uzilgan meva va sabzavotlar olib ketayotgan “Nadejda Ro-Ro” kemasiga uchuvchisiz uchish apparatlari hujum qilgan. Oqibatda kemada yong‘in yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida ekipajning to‘rt a’zosi jarohat olgan. Ulardan uch nafari Turkiya fuqarosi ekani aytilmoqda. Xabarga ko‘ra, kema Turkiyaning Samsun portidan Novorossiysk tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Hujum Novorossiyskdan taxminan 56 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Kema kapitani Yalchin Shahin hujum Ukraina tomonidan amalga oshirilganini da’vo qilib, unda 6-7 ta dron ishlatilganini aytgan. Shahin ular yordam kutayotganini, hamma xavfsiz ekanligini, ammo jarohatlanganlar borligini qo‘shimcha qilgan.

Kema ekipaji hujumdan keyin boshlangan yong‘inni o‘chirishga urinayotgan bir paytda, Rossiya dengiz floti hududda dronlar tufayli yordam ko‘rsatish uchun kemaga yaqinlashishda qiynalgani xabar qilingan.

Keyinchalik, Dengiz ishlari bosh boshqarmasi Rossiya qirg‘oqlari yaqinida “Nadejda Ro-Ro” kemasiga dron hujumi oqibatida jarohat olgan 11 ekipaj a’zosi Rossiya shifoxonasida davolanayotganini, qolgan ekipaj a’zolari esa mehmonxonaga joylashtirilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Qora dengizda Ukrainaning Odessa sohillari yaqinida xalqaro yuk kemasiga zarba berishi oqibatida kamida 5 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing