Ukraina qochqinlarga Germaniyada ish topishda yordam bermoqchi
Olam
−
06 dekabr
1614Kiyev rasmiylari ukrainalik qochqinlarning Germaniyada ish topishida yordam bermoqchi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 4 dekabr kuni ntv telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kanslerga Germaniya va Polshada qochqinlarga ishga joylashish yoki o‘z vatanlariga qaytishga yordam beradigan Ukraina organlarini yaratishga yordam bermoqchi ekanligini aytgan.
“Biz bu yo‘nalishda hamkorlik qila olamiz”, degan Shols.
“Reuters”ga ko‘ra, Germaniyadagi milliondan ortiq qochqinning ko‘pi bu mamlakatda ish topmagan. Shu bilan birga, Kiyev rasmiylari harbiy xizmatga yaroqli erkaklarni vataniga qaytarishdan manfaatdor.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 29 noyabr kuni telefon orqali suhbatda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni muhokama qilgandi. 2 dekabr kuni esa, Germaniya kansleri Ukrainaga tashrif bilan borgandi. Shuningdek, Olaf Shols Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning o‘t ochishni to‘xtagan taqdirda nemis tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni istisno etmaslik haqidagi taklifiga qarshi ekanini aytgan.
LiveBarchasi