Ukraina qarshi hujumda kerakli natijaga erisha olmadi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yozgi qarshi hujum paytida mamlakat Qurolli Kuchlari kutilgan muvaffaqiyatlarga erisholmaganini aytdi. Bu haqda u “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Biz tezroq natijaga erishmoqchi edik. Ammo voqealar rivoji biz o‘ylagandek rivojlanmadi”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, Prezident Ukraina Qurolli Kuchlari “dunyoning ikkinchi armiyasi” bilan kurashayotganini, shunga qaramasdan chekinmayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Qarang, biz chekinmayapmiz, bundan xursandman. Biz dunyodagi ikkinchi armiya bilan jang qilyapmiz. Bizga so‘ragan barcha qurollarni berishmadi, lekin bundan shikoyat ham qilmoqchi emasmiz”, deydi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlariga qo‘yilgan cheklovlar tezkor hujumga imkon bermaydi.

“Birinchidan, o‘ylangan muvaffaqiyatga erishish uchun kuch yetarli emas. Biz imkonimiz boricha kurashyapmiz”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, u Isroil-Falastin mojarosi Ukrainaga yordam yetkazib berilishiga ta’sir qilganini ham yashirmagan.

Uning aytishicha, hozirda Ukrainaning ustuvor yo‘nalishi o‘z qurollarini ishlab chiqarish bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Zelenskiy nima uchun G‘arb kreditlari va shartnomalarini olishni xohlashini tushuntirgan.

“Bu chiqish yo‘li. Bizga bu imkoniyatlarni bering va biz [qurol ishlab chiqaruvchi zavodlar] quramiz. Qanday kuch va vaqt kerak bo‘lmasin, biz buni juda tez amalga oshiramiz”, deya ta’kidlagan Ukraina rahbari.

Uning fikricha, Rossiyani harbiy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan Ukrainadan boshqa hech narsa qo‘rqitmaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, mamlakat qurolli kuchlari chekinishga majbur bo‘lishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made