Ukraina qarshi hujum boshladi – Putin
Olam
−
09 iyun 2023
28644Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina harbiy kuchlari qarshi hujumni boshlaganini aytdi. Bu haqda u bugun, 9 iyun kuni MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishiga borganida jurnalistlar savoliga javob berayotib aytib o‘tdi.
“Birinchidan, bu hujum boshlanganini mutlaq ishonch bilan aytish mumkin. Ukraina armiyasining strategik zaxiralaridan foydalanishi shundan dalolat beradi. Ikkinchidan, harbiy harakatlar ishtirokchilaridan hech biri Ukraina qo‘shinlari o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajara olmadilar. Bu mutlaqo aniq narsa”, degan Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, u Rossiyada hali zamonaviy qurollar yetarli emasligini tan olgan, ammo mudofaa sanoati jadal rivojlanayotgani va mudofaa sanoati oldiga qo‘yilgan barcha vazifalar bajarilishiga ishontirgan.
“So‘nggi bir necha kun ichida biz Ukrainada katta yo‘qotishlarni ko‘rdik, ular “klassik ko‘rsatkich”dan oshib ketdi. Aytish mumkinki, hozirgacha qilingan barcha qarshi hujum urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo Ukraina Qurolli kuchlarining hujum salohiyati hali ham saqlanib qolgan”, deydi Putin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat Qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanganini ma’lum qilgandi. 5 iyun kuni esa Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari frontning Janubiy Donetsk yo‘nalishidagi beshta sektorida keng ko‘lamli qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi.