Ukraina ikki viloyatdagi 600 dan ortiq aholi punktlarini ozod qildi

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi samarali davom etmoqda. Ukrainalik askarlar 600 dan ortiq aholi punktlarini ozod qilgani shundan dalolat beradi. Bu haqda Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi. U shuningdek, bosqindan ozod etilgan hududlarda hozir nima sodir bo‘layotganini aytdi.

Kirill Timoshenkoning qayd etishicha, umumiy hisobda Ukraina qo‘shinlari 600 dan ortiq shahar va qishloqlarni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan. Gap Xarkov viloyatidagi – 551 va Xerson viloyatidagi – 88 ta aholi punkti haqida bormoqda.

Prezident devoni rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, bosqindan ozod etilgan hududlarda tiklash ishlari davom etmoqda. Birinchi navbatda, dushman bosqinidan chiqqan shahar va qishloqlarning muhim infratuzilmasi ta’mirlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuz boshida Ukraina sharqda va janubda qarshi hujumga o‘tdi. Natijada Balakleya, Izyum, Liman kabi muhim shaharlar ruslardan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

291

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing