O‘zbekiston hududlari xavfsizligi uchun Xitoy 1 milliard dollar ajratadi

Jamiyat

image

Shu yilning 24 sentyabr kuni Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining beshinchi majlisi yakunlariga ko‘ra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish rejasi qabul qilindi.

Shu yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, "Bir makon, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi. 27–29 avgustda O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 4342 million AQSH dollariga teng bo‘lgan bitimlar, memorandumlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolandi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.   

Vazirlar Mahkamasi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini tasdiqladi. Rejada ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar har bir loyiha bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqishi, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va muntazam hisobot topshirib borishi lozim.

Jumladan O‘zbekiston hududlarida "Xavfsiz shahar" tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik ham kiritilgan. Uning doirasida Xitoy tarafi bilan qiymati 1 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan bitimlar imzolandi.

Ma’lumot uchun, bu jamoatchilik xavfsizligini va huquqiy tartibotni ta’minlash uchun mo‘ljallangan yagona integratsiyalashgan apparat-dastur kompleksidir.

Poytaxtda 2020 yilning oxirgi choragida tizim ishga tushirilishi lozim. 2021 yil dekabrgacha mamlakat bo‘ylab tizimni montaj qilish va ishga tushirish ishlari olib boriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va shu yilning 25 sentyabridan kuchga kirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy xavfsiz shahar

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing