Ukraina gumanitar falokat yoqasida – Timchenko
Olam
−
24 yanvar 4193 1 daqiqa
Ukraina gumanitar falokat yoqasida turibdi va energetika sohasida sulh tuzish zarur. Bu haqda Donetsk yoqilg‘i-energetika kompaniyasi (DTEK) bosh ijrochi direktori Maksim Timchenko Davosda qilgan chiqishida aytib o‘tdi.
Timchenkoning aytishicha, energetika sohasida va energetika ob’ektlariga nisbatan o‘t ochishni to‘xtatish zarur. Aholi 3-4 soat elektr energiyasi oladi, shundan so‘ng 10-15 soatlik uzilish bo‘ladi, ko‘p qavatli uylar esa bir necha haftadan beri issiqliksiz qolmoqda.
Kompaniya o‘zining generatsiya quvvatlarining 60-70 foizini yo‘qotgan va yuzlab million dollar miqdorida zarar ko‘rgan. Energetika sektorini tiklash 65-70 milliard dollarga tushadi va ko‘plab hollarda butunlay yangi ob’ektlar qurishni talab qiladi.
Timchenko bu jarayon oddiy rekonstruksiya emas, balki Ukrainada yangi energetika tizimini barpo etish haqida gap ketayotganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar davom etayotgan bir pallada, bugun, 24 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga yana bir yirik raketa va dron hujumini uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi