Ukraina elchisi yana Sholsning “adres”iga tosh otdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi kechikishlar tufayli Germaniya kansleri Olaf Sholsni qarorsizlikda aybladi. Bu haqda “Welt” nashri xabar berdi. 

“Menda kansler Ukrainani og‘ir qurollar bilan ta’minlamoqchi emasdek taassurot qoldirdi”, deydi Melnik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya vaqtni cho‘zmoqda va sulhni kutmoqda. Shunda mamlakat rasmiylari harbiy texnikani jo‘natish zarurati yo‘qligiga ishora qiladi.

Elchi, shuningdek Berlinni Ukrainada va’da qilingan Leopard-1 tanklari, samolyotga qarshi o‘ziyurar "Gepard" va Marder piyoda jangovar avtomobili yetkazib berilmagani uchun tanqid qilgan. 

Melnikning so‘zlariga ko‘ra, Sloveniyadan Ukrainaga T-72 tanklarini yetkazib berish bo‘yicha e’lon qilingan aylanma ayirboshlash ham hali amalga oshirilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols Vladimir Zelenskiy Kiyevda GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun sobiq Sovet respublikasiga tashrif buyurmayotganini ma’lum qilgandi.

Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik esa bunga javoban, Germaniya kanslerini “hafa bo‘lgan kolbasa” deb atagandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay esa, Germaniyada bir necha deputatlar Melnikni mamlakatdan haydash payiga tushgandi. Keyinchalik Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Sholsni hamda butun mamlakat rahbariyatini Kiyevga tashrif buyurishga таклиф qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing