Ukraina dronlari Rossiya hududiga zarba berdi
Olam
−
17 fevral 2024 9999 1 daqiqa
Bugun tunda Rossiya hududidagi nishonlarga qarshi Kiyevning 33 ta uchuvchisiz uchoqlardan amalga oshirilgan hujum to‘xtatildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib, "RIA Novosti" xabar berdi.
Aniqlanishicha, Belgorod va Voronej viloyatlari osmonida to‘rtta, Kursk ustida bittadan, Bryanskda 18 ta va Kaluga ustidan oltita uchuvchisiz uchoq tutib olingan.
Ukraina dronlarining hujumlari haqida mahalliy ma’muriyat ham xabar bergan. Biroq, hech kim jabrlanmagan. Voronej gubernatori Aleksandr Gusevning so‘zlariga ko‘ra, viloyat markazida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari xususiy uyning tomini shikastlagan.
"Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning markaziy va chegaradosh hududlarini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda, dronlardan zarbalar berib, sabotaj ishlarini amalga oshirmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini ma’lum qilgan edi.
Sarvar Xurramov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025