Ukraina Donetskdagi qishloqni ozod qildi
Olam
−
16 avgust 2023 7755 1 daqiqa
Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujum operatsiyasi davomida Donetsk viloyatidagi Urojaynoye qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
“Urojaynoye ozod qilindi. Himoyachilarimiz chiziqlarga mahkam o‘rnashib olishdi”, - deb yozadi Malyar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumkor harakatlar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari Donetsk viloyatidagi boshqa bir qishloq – Staromayorskoye ustidan nazoratni tiklaganini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr