Ukraina “dengiz bolalari”ni rivojlantirmoqda (video)
Olam
−
23 Oktabr 5308 3 daqiqa
Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘zining yangi avlod “dengiz bolasi” deb nomlangan dengiz dronini namoyish etdi. Yangi dron 1 500 kilometrdan ortiq masofada harakatlana oladi hamda 2 000 kilogrammgacha yuk (takriban avvalgidan ikki barobar ko‘p) ko‘tara oladi.
Bu takomillashtirishlar Rossiya bilan urushda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan uchuvchisiz qurol tizimlarining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Har ikki taraf ham quruqlikda, havoda va dengizda dron texnologiyasi bo‘yicha ustunlikka erishish uchun musobaqalashmoqda.
Havo dronlari ko‘p miqdorda ishlatilayotgani va kuchli vayron qiluvchi salohiyati bilan katta e’tibor qozongan bo‘lsa-da, Ukraina Qora dengizda kichik, tez harakatlanuvchi dron-qayiqlardan foydalanib, katta harbiy yutuqlarga erishdi.
Ukraina Rossiyaning Qora dengiz flotini deyarli neytrallashtirdi – bir nechta kema yo‘q qilindi, qolganlari esa Qrim yarimoroli va Ukraina sohilidan uzoqlashishga majbur bo‘ldi. Bu Kiyevga Yevropaga yo‘naltirilgan muhim fuqarolik savdo yo‘llarini ochiq saqlash imkonini berdi.
“Bizga savdo flotimiz ishlashi, harakatlanishi va iqtisodiyot nafas olishi kerak – shunda ruslar uni nazorat qila olmaydi”, dedi Ukraina xavfsizlik xizmati brigada generali Ivan Lukashevich.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi dengiz dronlari faqat “kamikadze” tipidagina emas, balki ularga masofadan boshqariladigan ko‘p zarbali raketa tizimlari va pulemyotlar ham o‘rnatilishi mumkin. Bu qurollar dushmanning desant operatsiyalariga yoki boshqa maqsadlarga qarshi qo‘llaniladi.

Jurnalistlar uchun noma’lum joyda o‘tkazilgan namoyishda ikkita kulrang dengiz droni namoyish etildi – ular raketa qurollari va avtomatlar bilan jihozlangan edi. Ulardan biri suvda sinov yurishini amalga oshirdi, operator esa dronni sohilda turib jonli efir orqali boshqardi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, urush boshlanganidan beri turli modifikatsiyadagi dengiz dronlari 11 ta Rossiya kemasiga zarba bergan. Shuningdek, “dengiz bolasi” dronlari ilgari Qrimni Rossiya materigi bilan bog‘lovchi strategik ko‘prikka qilingan hujumlarda ham qo‘llangan.
Boshqa davlatlar Qora dengizdagi dronlar urushini diqqat bilan kuzatmoqda, olamdagi boshqa suvlarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan darslar chiqarmoqda va tekshirmoqda.

Prezident Vladimir Zelenskiyning 19 oktyabr kuni aytib o‘tishicha, Ukraina hozirda ishlab chiqarilayotgan 4 000 ta dengiz dronning yarmiga ehtiyoj sezmoqda.
“Nega ulardan 2 000 tasini ham sheriklarga sotmaslik kerak? Bu normal. Kompaniyalarga sotishni ruxsat eting”, dedi Zelenskiy AQSH bilan Kiyevning potensial dron bitimi haqidagi muzokaralari to‘g‘risida jurnalpistlarga.
Lukashevich qayd etishicha, namoyish etilgan har ikki dron ham jang sharoitida sinovdan o‘tgan. Kiyev “dengiz bolasi” dronlar texnologiyasining ruslar tomonidan qo‘lga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dronda o‘zini yo‘q qiluvchi mexanizm joriy qilmoqda. Biroq asosiy maqsad – dronlarni ukrain sohillariga qaytarib olib kelish va ularni qayta-qayta ishlatishdir.
Live
Barchasi