Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar davom etmoqda – Tramp
Olam
−
07 aprel
2260AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasida AQSHning Rossiya bilan muzokaralari davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda AQSH u bugun, 7 aprel kuni bayonot berdi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa shu kuni yaqin vaqt ichida aniq uchrashuv sanalari yo‘qligini bildirdi.
“Biz Rossiya bilan gaplashyapmiz. Biz ular to‘xtashiga umid qilamiz. Menga bombardimonlar yoqmaydi. Bombardimonlar to‘xtamay davom etyapti. Har hafta odamlar, minglab yoshlar halok bo‘lyapti. Bu dahshatli voqea, u hech qachon boshlanmasligi kerak edi. Agar men prezident bo‘lganimda, u boshlanmasdi”, dedi Tramp prezident samolyoti bortida jurnalistlarga.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bugun, 7 aprel kuni Moskva va Vashington keyingi muloqotlar uchun aniq sana belgilamaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “otishmalarni to‘xtatish zarurligi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo bungacha hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator masalalar bor”.
“Bu savollar hali havodagi holatda turibdi, ularga hech kim javob bergani yo‘q”, dedi Peskov TASS davlat agentligiga.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev AQSH poytaxti Vashingtonga borgandi. U Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin AQSHga borgan birinchi yuqori lavozimli rossiyalik amaldor bo‘ldi.
CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQSH hukumati ushbu tashrif uchun vaqtincha Dmitriyevga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilgan.
“Reuters” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Dmitriyev Ukrainada tinchlik muzokaralari bilan shug‘ullanuvchi Stiv Uitkoff bilan uchrashgan. Kirill Dmitriyevning o‘zi esa Ukraina masalasini muzokaralarning asosiy mavzusi sifatida tilga olmadi, u asosan savdo, biznes va ikki tomonlama munosabatlar haqida gapirdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


