Ukraina Bryanskka raketa zarbasi berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 10 mart kuni Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Bryansk shahriga raketa zarbasi berdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba shaharning Sovet tumanidagi yirik korxonalardan biriga berilgan. Huquq-tartibot idoralariga yaqin bo‘lgan “Mash” kanali xabar berishicha, Ukraina Qurolli kuchlari mobil qurilmalar uchun mikrosxemalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlardan biriga Storm Shadow raketasi bilan zarba bergan. Hodisa oqibatida 12 kishi jabrlangan.

Ukrainaning “Exilenova+” monitoring kanali yozishicha, hujumdan ko‘zlangan maqsad “Kremniy El” zavodi bo‘lgan. Portlashdan oldin Bryansk viloyatida raketa xavfi e’lon qilingan.

Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz shaharga raketa zarbasi berilganini tasdiqlagan.

“Afsuski, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor”, deb yozdi mulozim o‘z Telegram-kanalida.

U boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi 480 ta dron va 29 ta raketa bilan Ukraina shaharlariga hujum qilgandi. Oqibatda yetti kishi halok bo‘lgan, ular orasida ikki nafar bola (9 yoshli o‘g‘il va 13 yoshli qiz) hamda 65 yoshli ayol bor. Kamida 10 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Bryansk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing