Ukraina Bryanskka havo hujumi uyushtirdi
Olam
−
30 dekabr 2023 12100 1 daqiqa
Kecha, 29 dekabr oqshomida Rossiyaning Bryansk viloyatiga Ukraina tomonidan havo hujumi uyushtirildi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, turli vaqtlarda mintaqaning bir qancha hududlarida to‘qqizta samolyot tipidagi dron urib tushirilgan. Bogomazning aytishicha, ushbu holatlarning hech birida qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmagan.
Bugun, 30 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Bryansk, Orel, Kursk va Moskva viloyatlari hududlarida Ukrainaning 32 ta uchuvchisiz samolyot tutib olgani haqida xabar berdi.
Qayd etish joizki, Bryansk, Kursk va Belgorod viloyatlari rasmiylari Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri mintaqalarga havo hujumlari haqida muntazam ravishda xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 dekabr kuni Rossiya Ukrainaning bir qancha shaharlariga keng miqyosda havo hujumi uyushtirgandi.