Avstraliya Bosh vaziri Zelenskiyga Rossiyaga qarshi katta va’dalar berib yubordi
Olam
−
04 iyul 2022
11502Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaniz Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasiga qarshi da’voni ko‘rib chiqish chog‘ida uning mamlakati Xalqaro sudda Kiyev tomonini olishiga va’da berdi. Bu haqda Avstraliya hukumati rahbarining bugun, 4 iyul kuni e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi.
"Prezident [Vladimir] Zelenskiyning qo‘llab-quvvatlash so‘roviga javoban Avstraliya Kiyevga 99,5 million Avstraliya dollari (67,8 million dollar) miqdorida harbiy yordam beradi. U Avstraliya mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan 14 ta bronetransportyor, 20 ta Bushmaster rusumli avtomashina va boshqa harbiy texnikani, shuningdek, NATOning tegishli trast fondiga ajratilgan mablag‘ni o‘z ichiga oladi", deydi Albaniz.
Shu tarzda Avstraliya tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘rsatilgan harbiy yordamning umumiy miqdori 388 million Avstraliya dollari (230,6 million AQSH dollar)dan oshadi.
Shuningdek, Bosh vazir yana 8,7 million Avstraliya dollari (5,9 million AQSH dollar) Ukraina chegara xizmatiga kuzatuv uskunalarini yangilash, kiberxavfsizlikni ta’minlash va joylarda tezkor javob kuchlarini kuchaytirish uchun yuborilishini aytdi.
Bundan tashqari, Avstraliya qit’aga yetkazib beriladigan barcha Ukraina tovarlari bo‘yicha bojlarni olib tashlaydi va Rossiyaga qarshi ishida Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Xalqaro sudga chiqadi.
“Mening Kiyevga tashrifim, boshqa dunyo yetakchilarining yaqinda qilgan tashriflari kabi, Avstraliya singari demokratik davlatlar qiyin paytlarda Ukraina xalqi bilan yonma-yon turishiga yaqqol dalolat beradi”, deydi Albaniz.
Shuningdek, Bosh vazir, uning hukumati ham Rossiyadan oltin importini taqiqlashga qo‘shilish va bir qator rossiyalik vazirlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash niyatida ekanligini eslatgan.
Ma’lumot uchun, shu kungacha Ukraina atrofidagi voqealar tufayli Avstraliya Rossiya va Belarusning 828 nafar fuqarosiga, jumladan, Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenkoga, shuningdek, Rossiyaning 47 ta yirik korxona va tashkilotiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, qurol va butlovchi qismlar, xom ashyo va neft-gaz qazib olish uchun uskunalar eksporti, Rossiyadan energiya, qurol va o‘q-dorilarni olib kirish taqiqlanadi.
LiveBarchasi