Ukraina Rossiya armiyasi 250 kunda qancha yo‘qotishga uchraganini ochiqladi

Olam

image

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi joriy yilning 24 fevral kuni boshlangan qurolli bosqinning 250-kuniga, 31 oktyabrga kelib Rossiya armiyasi qancha yo‘qotishga uchraganini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, RF Qurolli Kuchlari shu vaqtgacha taxminan 71 820 nafar askarini yo‘qotgan. So‘nggi sutkada yo‘qotishlar 620 nafarni tashkil qilgan. Harbiy harakatlarda 2 686 ta rus tanki yo‘q qilingan.

Shuningdek, 5 485 ta jangovar zirhli mashina, 1 728 ta artilleriya tizimlari, 383 ta yalpi reaktiv hujum tizimlari, 197 ta havo hujumidan mudofaa tizimlari vayron qilingan.

Rus armiyasi aviatsiya texnikalari orasidan 275 ta samolyot, 253 ta vertolyot, 1 413 ta tezkor-taktik darajadagi dronlar, bundan tashqari, 352 ta qanotli raketasini yo‘qotgan.

Boshqa yo‘qotishlar qatoridan 16 ta kema/kater, 4 128 ta avtomobil texnikasi va avtotsisternalar, 154 ta maxsus texnika joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

646

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing