Ukraina Bosh prokurorini kontrabandada ayblab sudga berishdi

Olam

image

Ukrainaning beshinchi Prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Bosh prokurori Irina Venediktovani rasmlar kontrabandasiga nisbatan harakatsizlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni Poroshenkoning advokati Igor Golovan Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

"3 iyun kuni Bosh prokuraturaga beshta jinoiy huquqbuzarlik to‘g‘risida da’vo arizasi kelib tushdi. Qonunda ko‘rsatilganidek, 24 soat o‘tib bo‘ldi. Sudga Bosh prokurorning harakatsizligidan shikoyat qilindi", dedi u. Golovanning so‘zlariga ko‘ra, ilgari advokatlar Bosh prokuratura idorasiga Davlat xavfsizlik byurosi (DXB) xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat bilan beshta murojaat yuborgan.

Joriy yilning 26 may kuni Poroshenko Davlat xavfsizlik byurosiga "Ukraina bojxona chegarasi orqali xalqaro taniqli rassomlarning rasmlaridan iborat madaniy boyliklar kolleksiyasini bojxona nazoratidan yashirgan holda olib o‘tish" ishi bo‘yicha so‘roq qilish uchun chaqirilgan edi. Ro‘yxatda Ivan Ayvazovskiy, Ilya Repin, Vasiliya Surikova, Ilya Glazunov, Isaak Levitan, Aleksandr Benua, Yuliya Klevera, Konstantin Korovin va boshqalarning rasmlari bor.

Poroshenko so‘roq berish uchun kelmadi, buning o‘rniga Ivan Gonchar nomidagi muzeyida o‘z rasmlari ko‘rgazmasini ochdi. U rasmlarni qonuniy ravishda olganligini va kontrabandaga aloqasi yo‘qligini bildirdi. 26 may kuni DXB xodimlari muzey binosiga kuch bilan kirib, rasmlarni olib kirish uchun berilgan hujjatlarni tortib olishdi. Keyinchalik DXB Poroshenko to‘plamidan 42 ta rasmni daliliy ashyo sifatida olib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Petr Poroshenko

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing