Ukraina beton to‘siq bilan izolyatsiya qilishga qaror qildi – Belarus chegara qo‘mitasi
Olam
−
17 noyabr 2022
7859Ukraina harbiylari tikanli simli temir-beton panjara qurishni boshladi. Bu haqda bugun, 17 noyabr kuni Belarus Davlat chegara qo‘mitasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Ukraina tomonidagi beton plitalardan qurilayotgan to‘siqning balandligi taxminan 3-4 metrni tashkil qiladi. Qurilayotgan panjara Belarus davlat chegarasidan 10-15 metr uzoqlikda Dolsk aholi punkti yaqinida joylashgan.
“Devorda ular qoldiradigan bo‘shliqlar mavjud. Uzunligi 100-200 metr bo‘lgan uzluksiz panjara, keyin taxminan 2-3 oraliq bo‘shliq, keyin yana to‘siq panjarasi mavjud”, deya xabar beradi Qo‘mita.
Bundan tashqari, qurilayotgan panjara bo‘ylab ariq qazilgan, Ukraina chegarachilari kuzatuv minoralarini o‘rnatmoqda.
“Ish tezligi kuniga taxminan 2-4 beton plita. Ish soat 9:00 dan 17:00 gacha davom etmoqda”, deydi Belarus Davlat chegara qo‘mitasi.
Minsk vaziyatni kuzatib bormoqda, joyga kengaytirilgan chegara otryadlari yuborilgan, ular kuchaytirilgan rejimda xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Belarusni Rossiyaga “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishda yordam berishda ayblamoqda.
LiveBarchasi