Ukraina AQSHdan harbiy yordam olish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi 

Olam

image

Ukraina AQSHdan eng ko‘p harbiy yordam olgan davlatga aylandi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Isroil va Misrni ortda qoldirdi. Bu haqda “The Washington Post” yozmoqda.  

Nashrning yozishicha, AQSH 2014 yildan 2021 yilgacha Kiyevga 2,7 milliard dollarga yaqin harbiy yordam yuborgan. Shu bilan birga, Rossiya hujumi boshlanganidan buyon ushbu yordam hajmi 3,8 milliard dollarni tashkil etgan. 

Ta’kidlanishicha, ko‘rib chiqilayotgan 40,1 milliard dollarlik yangi paket mudofaa uchun taxminan 20 milliard dollarni o‘z ichiga oladi. Nashr bu raqamlarni AQSHda 1 oktyabrda boshlanadigan 2020 moliya yili uchun olingan ma’lumotlar bilan solishtirgan. 

O‘sha yili 3,3 milliard dollarlik yordam olgan Isroil AQSHdan eng ko‘p harbiy ko‘mak olgan davlatga aylangan. Misr 1,3 milliard dollar bilan ikkinchi, Iordaniya esa 0,51 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda bo‘lgan. 

Joriy yilning 24 fevralida boshlangan Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida Vashington va NATO bo‘yicha ittifoqchilar Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etmoqda. Aprel oyi oxirida AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun Kongressdan 33 milliard dollar so‘ragan, biroq qonun chiqaruvchi organ keyinchalik bu miqdorni deyarli 40 milliard dollargacha oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

104

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing