Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ukraina AQSH bilan muzokarani davom ettirishga tayyor – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniyani tark etishidan oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlari davom etishini aytdi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.

“Ukraina hali ham AQSH bilan xomashyo shartnomasini imzolashga tayyor”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi davom etishini ham qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari, Zelenskiy iste’foga chiqish niyatida emasligini yana bir bor ochiqlagan. U o‘zini “almashtirish qiyin” bo‘lishini aytgan.

“Saylovlarni shunchaki o‘tkazishning o‘zi yetarli emas. Ular mening ishtirok etishimga ruxsat bermasliklari kerak. Va bu biroz qiyinroq bo‘ladi. Chunki siz hali ham men bilan muzokara qilishingiz kerak” degan u.

Qayd etilishicha, Ukraina rahbari Tramp maslahatchisi Maykl Uolts va Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning Qo‘shma Shtatlar Zelenskiy tinch yo‘l bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, uni almashtirish tarafdori ekanligiga ishora qilgan bayonotlarini shunday izohlagan.

Shuningdek, Zelenskiy o‘z iste’fosini Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga almashtirishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Zelenskiyning aytishicha, tinchlikka erishish uchun “hali juda va juda uzoq yo‘l” bor.

“Buni hali hech kim boshlamagan”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Shu bilan birga, Zelenskiy G‘arb qo‘shinlarining “dengizda, quruqlikda va osmonda” mavjudligi xavfsizlik kafolati sifatida qaralishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning amerikalik mavqedoshi Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar ortidan AQSHning Merilend shtatidagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilgan Ukraina hukumati samolyoti London aeroportiga qo‘ngandi. 2 mart kuni esa Londonda Ukraina bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tgandi. Ushbu sammitda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte va Polsha Prezidenti Anjey Duda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda Donald Tramp bilan janjalli muzokaralardan so‘ng AQSH bilan muloqotdan bosh tortmasligi kerakligi haqida fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing