Zelenskiyning samolyoti Londonga qo‘ndi
Olam
−
01 mart 14066 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning amerikalik mavqedoshi Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar ortidan AQSHning Merilend shtatidagi harbiy bazadan havoga ko‘tarilgan Ukraina hukumati samolyoti London aeroportiga qo‘ndi. Bu haqdagi ma’lumot “FlightAware” portalida qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ukrainaning Airbus A319 samolyoti Stansted aeroportiga qo‘ngan.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu samolyotdan Ukraina rasmiylari foydalanmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qilish, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va global muammolar bo‘yicha ittifoqchilar o‘rtasida muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni AQSH, Yevropa davlatlari va ittifoqchilari o‘rtasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni taklif qilgandi. Meloni kecha, 28 fevral kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi kelishmovchilikdan so‘ng ushbu bayonotni bergan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr