Ukraina 41 ta aholi punktini Rossiya bosqinidan ozod qildi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari mamlakat janubidagi 41 ta aholi punktini ozod qildi. Bu haqda kecha, 10 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaatida ma’lum qildi. 

“Davom etayotgan mudofaa amaliyoti doirasida o‘z joyiga qaytayotgan Ukraina bayroqlari soni allaqachon o‘nlab. 41 ta aholi punkti ozod qilindi”, deydi Zelenskiy. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu ozodlikka bir necha oylik og‘ir kurashlardan so‘ng erishilgan. 

Zelenskiy minalardan tozalash bo‘yicha yordam loyihalarini amalga oshirayotgan Ukraina hamkorlariga minnatdorchilik bildirdi. 

“Bular AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya, shuningdek, Daniya, Norvegiya, Estoniya, Avstriya, Polsha, Yaponiya, Shveysariya, Shvetsiya, Slovakiya, BMT tuzilmalari”, deydi Ukraina rahbari. 

U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilganini, bu paketga muhim havo mudofaa vositalari kiritilganini aytdi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing