Ukraina ham 3 kun Moskvaga zarba bermaydi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina bugun, 5 sentyabrdan boshlab 7 sentyabr kuning oxirigacha Moskvaga zarba berishdan tiyilishga tayyor. Kiyev rossiyaliklar ham xuddi shunday Ukraina poytaxtiga zarba bermasligiga umid qilmoqda. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u hozirgacha Rossiya tomoni bilan ish boshlagan AQSH Prezidenti vakillari bilan muloqot o‘tkazgan. Ushbu muloqot daqiqalaridan boshlab tomonlar muzokaralar jarayoniga jalb qilingan shaharlarga nisbatan havo zarbalarini to‘xtatish rejimiga rioya qilishga tayyor.

“Bundan buyon va ushbu shanba sutkasining oxirigacha, yakshanba va dushanba kunlari Ukraina Moskvaga zarba berishdan tiyilishga tayyor va rossiyaliklar ham Kiyevga zarba bermaydi, deb umid qilamiz”, deydi Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, Mudofaa vaziri Yevgeniy Xmara va Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Mixail Drapatiyning frontdagi vaziyat, havo tahdidlari dinamikasi va Ukrainaning faol mudofaa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarini tinglaganini ma’lum qilgan.

Zelenskiy diplomatik yo‘nalishda Ukrainaning harakatlari xuddi shunday kuchli va samarali bo‘lishini ta’kidlagan. 

“Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni kutyapmiz va mazmunli muloqotga tayyormiz”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uch sutka davomida – 6 sentyabr yarim kechasidan 9 sentyabrgacha Kiyevga zarba bermaslik haqidagi ko‘rsatmasini e’lon qilgan edi. Kreml bu holatni poytaxtda muzokaralarga tayyorlanish va o‘tkazish bilan bog‘lagan.

Shu bilan birga, Dezinformatsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Andrey Kovalenko Kreml tomonidan e’lon qilingan tanaffus faqat Kiyevga tegishli ekaniga, Kiyev viloyati va boshqa mintaqalar haqida gap bormayotganiga e’tibor qaratgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing