O‘quvchilarning qo‘liga igna sanchgan muallimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
19 Aprel 2024 5364 1 daqiqa
Avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun ularning qo‘llariga igna va "samorez" sanchib, tan jarohati yetkazgani xabar qilingandi. Endilikda ushbu o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
16 aprel kuni 1-sinf o‘quvchilarining onalari Sergeli tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Shu asosda kecha, 18 aprel kuni Sergeli tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘qituvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borishga kirishilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr