O‘quvchi va talabalarga “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston
−
12 Aprel 2022 7861 1 daqiqa
2022-2023 o‘quv yilidan boshlab “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.
“Zakovat stipendiyasi” intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:
1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);
2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);
3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr