O‘quvchi tug‘ilgan kunida maktabda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Olam
−
15 noyabr 2019 8118 1 daqiqa
AQSHning Kaliforniya shtati Santa-Klara shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Bu haqda CNN xabar tarqatdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 2 kishi halok bo‘lgan va 3 kishi jarohatlangan. Barcha jabrlanuvchilar 14-16 yoshdagi bolalar.
Otishmani uyushtirishda bugun 16 yoshga to‘lgan maktab o‘quvchisi gumonlanyapti. O‘smir og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, u avval boshqalarga o‘q uzgan keyin esa o‘zini otgan. O‘smir yigit nega bunday qilgani hozircha noma’lum.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr