O‘quvchi kollejda otishma uyushtirdi

Olam

image

Rossiyaning Blagoveshensk shahridagi qurilish kollejida otishma yuz berdi. Natijada 2 kishi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohatlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Otishmani Amur qurilish va kommunal xo‘jalik kolleji o‘quvchisi uyushtirdi. Qurolli buzg‘unchini “xavf” signali bo‘yicha voqea joyiga birinchi yetib kelgan Yo‘l-patrul xizmati xodimlari bir xonaga siqishtirib qo‘ydi. Politsiya xodimlari hujum qilgan shaxsga qarata o‘q uzgan.

O‘quvchilar evakuatsiya qilinganidan keyin kollej hududidan ikki kishining, jumladan, hujum qilgan o‘quvchining jasadi topildi. Buzg‘unchi o‘z joniga qasd qilgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchining otishma qilishiga tengdoshlari bilan o‘zaro mojarosi sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

kollej otishma

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing